O'zbekistonda AI asosidagi
EdTech mahsulotla
quraman.
Man Jayson Khan (Jahongir Qo'ziboyev) — AI, mobil va full-stack dasturchi, UzExam va EduStats asoschisiman. Bitta odam + 24/7 AI-agentla bilan test platformala, AI mentorla va ta'lim analitikasi quraman. 85k+ ochiq savol va 21k+ ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi — UzExam'da.
Uch qoida bilan ishlaymiz.
Tez yetkazamiz, to'g'ri yetkazamiz
Haftalar emas, kunlar ichida ishlaydigan natija. Lekin shoshganda ham poydevor mustahkam bo'ladi.
AI quroldir, egasi — odam
Claude Code bilan 10x tezlik. Ammo har bir qaror, har bir arxitektura — insonniki. Mas'uliyatni mashinaga ag'darmiymiz.
Uzoqqa chidaydigan qilamiz
Demo uchun emas, real foydalanuvchilar uchun quramiz. Clean architecture, testlar, monitoring — hammasi ichida.
Gap bilan emas, ish bilan.
Mobil davrdan studio davriga — raqamlar o'zi gapiradi.
Yil tajriba
Yetkazilgan ilovala
Ochiq savolla (UzExam)
Ro'yxatdan o'tganla (UzExam)
AI EdTech Founder
Man Jayson Khan (Jahongir Qo'ziboyev) — Xorazmdan chiqqan AI, mobil va full-stack dasturchi, AI EdTech founder. Mobil davrda 3+ yilda 25+ ilova yetkazganman (UIC Group'da korporativ ilovala, TaxPay fintech). Endi studio davri: kod, QA, monitoring va incident-response — 24/7 AI-agentlada; strategiya, kontent sifati va mas'uliyat — manda. Natija: 3 oyda yolg'iz qurilgan UzExam (85k+ ochiq savol, 7 mobil ilova) va 53k+ Telegram auditoriyali EduStats. President Tech Award 2026 ishtirokchisiman.
Qayerlada yetkazganman.
Mobile Developer
Consort Group LLCGrowz va Bizon ilovalari ustida ishlayman. Hozir ikkala mobil mahsulotga AI integratsiya qilish va xarita funksiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanaman.
06.2026 — HOZIRFounder & AI EdTech Specialist
UzExam.uz · Tashkent, Uzbekistan85k+ ochiq savol, 21k+ ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi va 7 mobil ilova. IELTS, Multilevel, SAT, DTM, Milliy sertifikat, Avtotest va Intervyu — web, Telegram va Flutter'da.
04.2026 — HOZIRSoftware Engineer — Flutter / Fintech
Soliq Service · Tashkent, UzbekistanTaxPay fintech to'lov ilovasini noldan qurdim: Flutter + Clean Architecture, karta ulash, OTP, tranzaksiyala va PCI talablariga mos REST integratsiyala. Ilova production-ready darajaga yetkazildi.
01.2026 — 04.2026Mobile Team Lead — AI Business Assistant
AI Business Assistant (AIBA) · Tashkent, UzbekistanAIBA loyihasida mobil jamoaga yetakchilik qildim: AI vositala, generativ servisla va aqlli assistent funksiyalarini mobil ilovalarga qo'shdik; code review va mentorlik manda edi.
08.2025 — 11.2025Flutter Mobile Engineer
UIC Group · Tashkent, Uzbekistan20+ korporativ mobil ilova qurdim (Flutter, Clean Architecture, BLoC): yuklanishni ~40% tezlashtirdim, 15+ REST API, audio/video streaming, to'lov tizimla va murakkab animatsiyala. CI/CD yo'lga qo'yishda qatnashdim.
09.2023 — 12.2025AI EdTech ekotizimidagi asosiy mahsulotla.
UzExam — AI bilan kuchaytirilgan imtihon platformasi
PostgreSQL · AI Mentors85k+ ochiq savol, imtihon yo‘nalishla (DTM, IELTS, SAT, Avtotest...), takrorlanmas savolla, SM-2 va antifraud reyting — hammasi Telegram bilan chambarchas.
WEB 02EduStats — talabalar fikri va ta'lim analitikasi
AI Sentiment · aiogramO'zbekiston talabalar fikri platformasi: universitetla haqida tasdiqlangan fikrla va reytingla, 53k+ Telegram auditoriya, 121 OTM o'tish ballari (2020–2025).
WEB 03Vaygo — video savdo va AI sotuvchi
AI Sales · PostgreSQLVideo orqali mahsulot kashf qilish, istaklar ro'yxati va Telegram'dagi AI sotuvchi. Xaridor signallari qaysi mahsulotga talab borligini ko'rsatadi.
WEBUch bosqich. Ortiqcha gap yo'q.
Kashfiyot
Muammoni eshitamiz, scope chizamiz, narx va muddatni ochiq aytamiz. 2-3 kun.
Qurish sprinti
Haftasiga demo. Har demo — ishlaydigan, bosib ko'radigan mahsulot. Yashirin ish yo'q.
Launch va parvarish
Production'ga chiqaramiz, monitoring o'rnatamiz, o'sishiga qarab turamiz.
So'nggi yozuvla.
Men o'z portfolio web saytimni ishga tushirdim
TATU ning 70 yillik yubeleyida «Kelajak texnologiyalari» tanlovida g'oliblik!
K-Lab Idea Hackathonida «Study Track» loyihamiz bilan g'olib bo'ldik
Ko'p so'raladigan savolla
Jahongir Qo'ziboyev kim?
Jahongir Qo'ziboyev (internetda Jayson Khan) — O'zbekistonda ishlaydigan AI, mobil va full-stack dasturchi, UzExam va EduStats asoschisi. Kirilda Жаҳонгир Қўзибоев, ruschada Жахонгир Кузибоев deb yoziladi.
Jayson Khan kim?
Jayson Khan (Jahongir Qo'ziboyev) — O'zbekistonda AI EdTech mutaxassisi, UzExam va EduStats asoschisi. Test platformala, ta'lim analitikasi va AI mentor tizimlarini quradi. President Tech Award 2026 ishtirokchisi.
UzExam nima?
UzExam (uzexam.uz) — O'zbekiston uchun universal, adaptiv imtihon platformasi: 85k+ ochiq savol, imtihon yo‘nalishla (DTM, IELTS, SAT, Avtotest va boshqala), takrorlanmas savolla (Uniqueness Engine), SM-2 va antifraud reyting. Telegram bilan chambarchas ishlaydi.
EduStats nima?
EduStats (edustats.uz) — talabalar fikri va ta'lim analitikasi platformasi: universitetla reytingi, 53k+ Telegram foydalanuvchili auditoriyasi va 121 OTM o'tish ballari (2020–2025).
Bitta odam bularni qale eplaydi?
Arxitektura shunaqa: kod yozish, UI, QA, monitoring va tungi incident-response — 24/7 AI-agentlada. Strategiya, kontent sifati, mijozla va mas'uliyat — founderda. Shu tandem 3 oyda 54 modulli jonli platformani yolg'iz qurishga imkon berdi.
Jayson Khan nimaga ixtisoslashgan?
Ta'limda AI, adaptiv test va imtihon platformala, ta'lim analitikasi, o'quvchi progressi, AI mentorla va mahsulot strategiyasi.
Jayson Khan bilan qale bog'lansa bo'ladi?
jaysonkhan.com saytidagi kontakt sahifasi yo Telegram (@jaysonkhan) orqali — Telegram eng tez javob beradigan kanal.
Keling, birga quramiz.
AI EdTech loyiha, test platforma yo hamkorlik taklifimi — gal, gaplashamiz. Brifni tashlang, qolganini o'zim surishtiraman.
Lahzala devori.